O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov qarori bilan ayollarga homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqa ish beruvchi tomonidan to‘lanishi tartibi 2016-yil 1-yanvargacha uzaytirildi, deb xabar bermoqda UzDaily.
Ushbu me’yorni o‘z ichiga olgan “O‘zbekiston Respublikasining 2015-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risidagi” qaror O‘zbekiston Prezidenti tomonidan 2014-yil 4-dekabr kuni imzolangan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 2010-yildan boshlab ishlaydigan ayollarga homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqa ish beruvchi hisobidan to‘lanishi tartibi amal qiladi. Byudjet tashkilotlarida ishlaydigan ayollar esa nafaqalarini tegishli byudjet mablag‘laridan oladi.
Izoh (0)