Yilning eng yorqin meteorit yomg‘iri bo‘lishi kutilayotgan Geminid meteorit oqimining avjini 13- va 14-dekabr kunlari kechasi kuzatish mumkin bo‘ladi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti”. Unda “yulduzlar” osmonda har daqiqada yorqin portlab, uchadi.
Meteorit oqimini durbinsiz ham kuzatish mumkin. Geminidlarni osmonda har qanday joydan ko‘rish mumkin.
Geminid oqimi manbasi Faeton asteroidi hisoblanadi. Oqim Yerga qarab emas, u bilan bir yo‘nalishda harakatlanadi, shu sababli meteorlar tezligi yuqori bo‘lmaydi.
Izoh (0)