Taniqli hind siyosatchisi, Hindistondagi Karnataka shtati soliq vaziri Satish Jarkixoli o‘z yurtdoshlariga arvohlar mavjud emasligini o‘ziga xos yo‘l bilan isbotlab berishga qaror qildi. U atrofida bir nechta mozorlar joylashgan krematoriy (jasadlar kuydiriladigan joy)da bir kechani o‘tkazdi, deya xabar bermoqda “TASS”.
U yerda vazir bilan birgalikda uning yuzdan ortiq tarafdorlari tunab qoldi, ular krematoriyda uyqu oldidan ovqatlanib ham oldi. “Bunday aksiya o‘tkazish orqali turli bid’atlarga qarshi chiqmoqchiman. Qabristonlarda hech qanday arvohlar yo‘q, biroq bu odamlarda qattiq qo‘rquv uyg‘otadi. Hech narsadan qo‘rqish kerak emas, axir bu yerlar muqaddas joy”, — dedi Jarkixoli.
Izoh (0)