Italiyaning MyEnergy Spa kompaniyasi Buxoro viloyatidagi Qandim konlarida 2 MVt quvvatiga ega fotoelektr stansiyasini qurib, tayyor holatda topshiradi. Bu haqda kompaniya rasmiy saytiga tayanib, “Podrobno.uz” xabar berdi.
Fotoelektr stansiyalari ishlab chiquvchi MyEnergy kompaniyasi 8000 ga yaqin modullarni ishlab chiqish va ularni ushbu kon hududiga o‘rnatish bo‘yicha xalqaro tenderda yutib chiqdi.
Qayd etilishicha, kompaniya ayni paytda Samarqand viloyatida 100 MVt quvvatiga ega stansiya qurilishi bo‘yicha tenderda ishtirok etmoqda.
Izoh (0)