Fransiya internetida prezident Fransua Ollandning an’anaviy qozoq telpagini kiyib tushgan surati ommalashib ketdi, deya xabar bermoqda “Gazeta.ru”.
Kulgili surat Ollandning Ostonaga tashrifi chog‘ida Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev fotosuratchisi tomonidan kadrga muhrlangan. Surat Qozog‘iston hukumatining Instagram’ida chop etilgan edi, biroq sal o‘tib o‘chirib tashlandi.
Xabar berilishicha, Fransiya ma’muriyati omadsiz chiqqan suratdan ko‘ngli to‘lmagan.
Fotosurat ko‘plab hazillar va kulgili izohlarga sabab bo‘ldi.
Izoh (0)