Malaysia Airlines bilan bog‘liq yana bir janjalli holat sodir bo‘ldi, deb xabar beradi “Kun” samolyot yo‘lovchilaridan biri Tomas Ouks guvohligiga asoslangan BBC ma’lumotiga tayanib.
Qayd etilishicha, Kuala-Lumpurdan Londonga uchgan kompaniyaga tegishli samolyot bortidagi yo‘lovchilardan biri qattiq mast bo‘lib qolib, styuardessalarni haqorat qila boshlagan.
Bu vaqtda samolyot salonida Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlarida rasmiy tashrifda bo‘lib qaytayotgan London meri Boris Jonson ham bo‘lgan. Mer to‘polonchini tinchlantirishga harakat qilib, uni ogohlantirgan. Lekin bundan foyda bo‘lmagan va samolyot ekipaji xodimlari yordamida ushbu yo‘lovchini bog‘lab, qo‘lini kishanlatgan.
Samolyot Londondagi “Xitrou” aeroportiga qo‘ngach, shahar politsiyasi xodimlari janjalkash yo‘lovchini ushlab, mahkamaga olib ketgan. Endi unga qarshi “Mast holatda jamoat joyida tartibni buzganligi uchun” va “Irqchilik ko‘rinishidagi haqorat uchun” jinoiy ish ochilishi mumkin.
Izoh (0)