AQShda yangi startap loyihalarga bepul reklama-roliklarini tayyorlab beradigan Sandwich Video deb nomlangan kompaniya ish boshladi. Bu haqda The Verge xabar berdi, deb yozadi “Parol” nashri.
Bugungi kunda biror g‘oya o‘ylab topish va uni yo‘lga qo‘yish birmuncha osonroq. Ammo uni odamlarga yetkazib berish, ommalashtirish esa anchagina qiyin ish. Buning uchun yaxshi reklama zarur bo‘ladi.
Sandwich Video kompaniyasi esa shunday yangi startaplarga bepul, qiziqarli reklama-roliklarini tayyorlab beradi. Xizmat haqi evaziga yangi startap a’zoligi yoki keyinchalik ko‘riladigan daromaddan ulush olinadi.
Izoh (0)