Xitoyning Baidu kompaniyasi fitnes-treking va regenerativ elektr tizimiga ega bo‘lgan Baidu DuBike “aqlli” velosipedini taqdim etdi, deya xabar bermoqda Mail.ru.
Unga o‘rnatilgan sensorlar yurak urishi va pedallar aylanishi tezligini, velosipedchining pedalga berayotgan bosimi kuchini va boshqa ko‘rsatkichlarni o‘lchaydi.
Yig‘ilgan ma’lumotlarni velokompyuter Bluetooth orqali smartfonga o‘rnatilgan mobil dasturga yuboradi.
Velosiped sensorlari kinetik energiyani elektr energiyaga aylantirib beruvchi regenerativ elektr tizimi orqali ishlaydi. Velosipeddagi gabarit chiroqlari, bort navigatsiya tizimi ham ushbu tizimdan quvvat oladi. Uning yordamida smartfonni ham zaryadlab olish mumkin.
Baidu DuBike 2014-yil oxirigacha Xitoy do‘konlarida paydo bo‘ladi, biroq uning qanday narxda bo‘lishi noma’lum.
Izoh (0)