Reuters agentligining Albert Eynshteyn nomidagi shifoxona matbuot xizmatiga tayanib ma’lum qilishicha, braziliyalik afsonaviy futbolchi Pelening ahvoli yaxshilanishiga qaramay, u hamon reanimatsiyada, deb xabar bermoqda “TASS”.
Dushanba, 24-noyabr kuni 74 yoshli futbolchining siydik yo‘llarida muammolar paydo bo‘lgani bois u San-Pauludagi shifoxonalarning biriga yotqizilgan edi.
27-noyabr kuni Pelening matbuot kotibi Xose Rodriges futbolchining reanimatsiya bo‘limiga o‘tkazilgani bilan bog‘liq axborotni rad etib, Pele qulayroq xonaga ko‘chirilganini aytdi. Shu kuni braziliyalik faxriyning o‘zi ham Twitter orqali o‘zini yaxshi his qilayotganini, hozirdanoq kelasi yil uchun tadbirlar rejasini ishlab chiqa boshlaganini ma’lum qildi.
Biroq keyinroq SporTV Pelening ahvoli to‘satdan yomonlashgani haqida xabar berdi. Qayd etilishicha, futbolchining organizmi antibiotiklar bilan davolashga javob qaytarmagan.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, shifoxona matbuot xizmati Pelening ahvoli ancha yaxshilanganini xabar berdi.
Izoh (0)