Avtomobilni o‘zidan oldingi va keyingi mashinalargacha atigi 4 santimetr joy qoldirib joylashtirgan xitoylik Xan Yue Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi, deb xabar bermoqda “Korrespondent.net”.
https://www.youtube.com/watch?v=IRXW7Ne1_88
Rekord 14-noyabr kuni Xitoyning Chunsin shahrida bo‘lib o‘tgan China Drift chempionati doirasida Mini Hatch uch eshikli avtomobili yordamida o‘rnatilgan.
Rekord o‘rnatilgan holat videoyozuvi 18-noyabr kuni YouTube’ga joylashtirilgan bo‘lib, olti kun ichida 2 million martadan ko‘proq ko‘rilgan.
Izoh (0)