O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi o‘z mutaxassislari orasida “Akademiada — 2014” sport musobaqalarini o‘tkazmoqda, deya xabar berdi “Turkiston-press” nodavlat axborot agentligi.
18-noyabrgacha “Akademiada — 2014”ning ilk bosqichi bo‘lib o‘tdi, unda sportning har xil turlari bo‘yicha Fanlar akademiyasining turli tashkilotlari xodimlari qatnashdi.
“Akademiada”ning final bosqichi dekabr oyining birinchi yarmida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Unda maxsus tayinlangan hakamlar hay’ati tennis, shaxmat, mini-futbol va sportning boshqa turlari bo‘yicha g‘oliblarni aniqlaydi.
Izoh (0)