BAAning Sharja shahrida “Musulmon davlatlari” shaxmatchilari o‘rtasida o‘tkazilayotgan xalqaro turnir davom etmoqda. Ushbu musobaqada O‘zbekiston sharafini shaxmatchilar Aleksey Barsov hamda Sarvinoz Qurbonboyeva himoya qilyapti, deb xabar beradi “Olamsport”.
Kecha, 20-noyabr kuni o‘tkazilgan 6-turda Aleksey Barsov oq donalarda harakat qilib, BAA vakili Ishaq Saidni 38-yurishdan so‘ng mag‘lubiyatga uchratdi.
Sarvinoz Qurbonboyeva esa oq donalarda eronlik Niusha Afshar bilan bahs yuritib, 52-yurishdan so‘ng durangga imzo chekdi.
Izoh (0)