BAAning Sharja shahrida “Musulmon davlatlari” shaxmatchilari o‘rtasida xalqaro turnir davom etyapti. Ushbu musobaqada O‘zbekiston terma jamoasining ikki a’zosi — Aleksey Barsov hamda Sarvinoz Qurbonboyeva ishtirok etmoqda, deb xabar beradi “Olamsport”.
5-turda o‘zbekistonlik har ikki sportchi mag‘lubiyat alamini totib ko‘rdi. Aleksey Barsov qora donalarda tojikistonlik Jamshid Isayev bilan hisob-kitob qilib, 25-yurishdan so‘ng o‘z mag‘lubiyatini tan oldi.
Qurbonboyeva ham qora donalarda ozarbayjonlik Ulviya Fataliyevaga imkoniyatni boy berdi. Bahs 35-yurishdan so‘ng to‘xtatildi.
Izoh (0)