O‘zbekistonda bugungi kunda ro‘yxatga olingan ommaviy axborot vositalari soni 1400 dan oshdi, ommaviy axborot vositalarining umumiy sonida nodavlat sektor ulushi 2010-yilga nisbatan deyarli ikki barobar ko‘paydi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi.
2014-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, nashriyotlar 107, matbaa korxonalari 1514 tani tashkil etdi.
O‘zbekistonda internetdan foydalanuvchilar tobora ortib bormoqda. Bugungi kunda O‘zbekiston aholisining uchdan bir qismi internet tarmog‘ining faol foydalanuvchilaridir.
O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi 12 teleradiokanaldan iborat. Sohaga raqamli va multimedia texnologiyalari joriy etilmoqda. Milliy telekommunikatsiyalar tizimi dunyoning 180 mamlakatiga chiqish imkoniyatiga, 28 yo‘nalish bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri xalqaro kanallarga ega bo‘lib, internetdan real vaqt rejimida efir amalga oshiriladi.
Izoh (0)