Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YeXHT)ning Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi (DIIHB) O‘zbekistonda dekabrda bo‘lib o‘tadigan parlament saylovlariga kuzatuvchilar missiyasini yuboradi, deya xabar bermoqda “Gazeta.uz”.
Bunday qaror YeXHT DIIHB ekspertlari Nikolay Shmidt va Aleksandr Shlik tomonidan 28—30-oktabr kunlari O‘zbekistonga tashrif natijalari bo‘yicha qabul qilindi.
Missiyaning maqsadi 21-dekabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga bo‘lib o‘tadigan saylovlarga tayyorgarlikning borishi va saylovoldi vaziyatni baholash bo‘ldi. Ekspertlar tashqi ishlar vazirligi, Markaziy saylov komissiyasi, parlament, partiyalar, OAV, fuqarolik jamiyati, xalqaro tashkilotlar vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.
Tashrif natijalari va O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasining rasmiy taklifi hisobga olinib, ekspertlar saylovlarning YeXHT, boshqa xalqaro majburiyatlar va milliy qonunchilikka muvofiq kelishini baholash uchun saylovlarni kuzatish bo‘yicha cheklangan missiyani yuborishni tavsiya etdi.
Izoh (0)