Turmush qurgan ayollar o‘rtasida o‘tkazilgan “Missis Dunyo − 2014” tanlovida Belorussiya vakilasi Marina Alekseychik oliy unvonga loyiq ko‘rildi, deb xabar bermoqda “RBK”.
31 yoshli g‘oliba to‘rt yil muqaddam turmushga chiqqani aytilgan. Qayd etilishicha, Alekseychik hozirda teleboshlovchi sifatida faoliyat olib boradi.Tanlov AQShning Merilend shtatida bo‘lib o‘tgan va sakkiz kun davom etgan. Go‘zallik tanlovida jami 35 mamlakat vakillari ishtirok etgan.
Izoh (0)