18—24-noyabr kunlari Toshkent shahri yana bir nufuzli musobaqaga mezbonlik qiladi. Shu kunlari poytaxtda o‘tkaziladigan Afro-Osiyo Kubogiga Afrika va Osiyoning ko‘zga ko‘ringan og‘ir atletikachilari jam bo‘ladi, deb xabar bermoqda “Olamsport”.
Ushbu musobaqada kuni kecha Qozog‘istonning Olma-Ota shahrida bo‘lib o‘tgan jahon chempionatining ishtirokchilari ham qatnashadi. Ular orasida o‘zbekistonlik mashhur atletlar, xususan, jahon chempioni Ruslan Nuriddinov ham bor.
Ertaga, 19-noyabr kuni Afro-Osiyo Kubogining tantanali ochilish marosimi o‘tkazilib, musobaqaga start beriladi. Turnirning ilk kuni erkaklar 56, 62, 69 va 77 kilogramm, ayollar esa 48, 53 va 58 kilogramm vazn toifalarida supachaga chiqadi.
Izoh (0)