Dunyoning eng yaxshi futbolchilari 17-noyabr kuni boshlangan “Ebolaga qarshi 11” aksiyasida ishtirok etmoqda. Bu haqda FIFA rasmiy saytiga asoslanib Gazeta.ru xabar berdi.
Aksiyada “Barselona” futbolchilari Neymar, Xavi va Pike, “Real” a’zolari Krishtianu Ronaldu, Rafael Varan va Garet Beyl, “Bavariya” o‘yinchilari Filipp Lam va Jerom Boateng, “Chelsi” vakillari Jon Obi Mikel va Didye Drogba hamda Germaniyaning “Groyter” klubining syerra-leonelik futbolchisi Jorj Devis, shuningdek “Bavariya” murabbiyi Pep Gvardiola qatnashmoqda.
“Biz birgalikda Ebolani yenga olamiz” shiori ostida o‘tkazilgan aksiyada 11 futbolchi uchun maxsus yozuvli taxtachalar tayyorlangan va ularda Ebolaga qarshi kurashish uchun harakatlar aks etgan.
Izoh (0)