Respublikachilar partiyasidan bo‘lgan kongressmen Maykl Byorjes Ukrainaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri harbiy ko‘mak berishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini AQSh Kongressiga ko‘rib chiqish uchun taqdim etdi. Bu haqda “Segodnya” xabar bermoqda.
Byorjes so‘zlariga ko‘ra, vaziyat qanchalik murakkab bo‘lishiga qaramasdan, ukrainaliklar parlamentga saylovlar o‘tkazdi va ularning kelajagi G‘arb bilan bog‘liq ekanligini namoyon etdi.
Qonun loyihasi ma’qullangan taqdirda, Ukraina tankka qarshi, havo hujumiga qarshi qurol-aslahalar, o‘qotar qurollar, jumladan to‘pponchalar, granatomyotlar, pulemyotlar, shuningdek, ko‘pmaqsadli avtomobillar, qayiqlar, kimyoviy, biologik va radiatsiyaviy himoya tizimlariga ega bo‘ladi.
Izoh (0)