“Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov kampaniyasi shu yilning 15-sentabrida boshlangani va saylov 21-dekabrda o‘tkazilishi munosabati bilan “Saylov — 2014” ijtimoiy so‘rovini o‘tkazdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Unda aholining turli ijtimoiy guruhlari vakillari — erkaklar va ayollar, yoshlar, pensionerlar, shahar va qishloq aholisi ishtirok etdi.
Aksariyat fuqarolar uchun ommaviy axborot vositalari O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayotidagi voqealar haqida muntazam axborot yetkazib beradigan asosiy manbadir. Aholining katta qismi mamlakatdagi ijtimoiy-siyosiy hayot, davlat va mahalliy hokimiyat organlari, siyosiy partiyalarning faoliyatini ommaviy axborot vositalari orqali muntazam kuzatib boradi.
Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, fuqarolarning aksariyat qismi (90 foizga yaqin) O‘zbekiston ijtimoiy-siyosiy hayoti, saylovoldi kampaniyasining qanday kechayotgani, siyosiy partiyalar faoliyati to‘g‘risida ommaviy axborot vositalari tezkor va sifatli axborot taqdim etayotganidan qanoat hosil qilmoqda.
Izoh (0)