Sport va yangi texnologiyalar bo‘yicha tadqiqot olib boradigan Digital Sports Media agentligi ijtimoiy tarmoqlarda mashhur bo‘lgan futbol klublarini aniqladi, deb xabar bermoqda Uff.uz.
Tadqiqotda Facebook, Twitter, YouTube, Instagram va Google+ tarmoqlaridagi obunachilar soni hisoblab chiqilgan. Unga ko‘ra birinchi o‘rin 117 million obunachiga ega bo‘lgan “Barselona”ga tegishli ekani aniqlandi. Ikkinchi o‘rindagi “Real”da 108 million obunachi bor. Kuchli uchlikdan esa 70 milliondan ortiq muxlisga ega bo‘lgan “Manchester Yunayted” o‘rin olgan.
Yana ikki klub “Chelsi” (50 milliondan ortiq) va “Arsenal” (39,6 milliondan ortiq) kuchli beshlikka kira olgan.
Eslatib o‘tamiz, “Barselona”ning 60 million obunachisi 2014 yil davomida yig‘ilgan
Izoh (0)