Ukraina sharqida halokatga uchragan “Boing” samolyoti bo‘yicha surishtiruv ishlari yana to‘qqiz oyga − 2015-yil avgust oyigacha uzaytirildi, deb xabar bermoqda Korrespondent.net.
Avstraliya adliya vaziri Maykl Kinanning so‘zlariga ko‘ra, tergov ishlari Ukraina sharqidagi vaziyatning beqarorligi bois cho‘zilgan. Surishtiruv ishlari Niderlandiya, Ukraina, Malayziya, Avstraliya va Belgiya vakillari tomonidan olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 17-iyul kuni Amsterdamdan Kuala-Lumpurga borish uchun havoga ko‘tarilgan Malaysia Airlines’ga qarashli “Boing-777” samolyoti Ukraina sharqida halokatga uchrashi oqibatida havo kemasi bortidagi 298 kishining barchasi halok bo‘lgan edi.
Izoh (0)