Armaniston Mudofaa vazirligi Ozarbayjon armiyasi Tog‘li Qorabog‘ning mashg‘ulot parvozini amalga oshirayotgan harbiy vertolyotini urib tushirganini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Euronews.
Ozarbayjon harbiylari vertolyot ularning pozitsiyalariga qarata o‘t ochgani uchun qarshi hujum qilganini ta’kidlagan. Voqea Ozarbayjon va Tog‘li Qorabog‘ chegarasining sharqiy qismida sodir bo‘lgan.
Ma’lumot uchun, Tog‘li Qorabog‘ Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasida joylashgan tan olinmagan respublika bo‘lib, ikkala mamlakat o‘rtasidagi ko‘p yillik mojaroning asosiy sababi hisoblanadi.
Izoh (0)