AQShning McDonald’s yemakxonalar tarmog‘i 2015-yilning ikkinchi yarmida o‘zining Qozog‘istondagi ilk restoranini ochadi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Kompaniya xabarida aytilishicha, ushbu tarmoqning Qozog‘istondagi restoranlarini ochish uchun litsenziya tadbirkor Qayrat Boranbayevga berilgan. Litsenziya bir necha yillik sinovlardan keyin tanlab olingan kishiga taqdim etilgan.
Qozog‘iston McDonald’s tarmog‘i restoranlari ochiladigan 120-mamlakatga aylanadi. Ushbu davlatlar ichida O‘zbekiston mavjud emas.
Izoh (0)