Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi o‘rtoqlik o‘yinida Xorvatiya ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi, deb xabar bermoqda Uff.uz.
“Martino menga o‘ng qanotda o‘ynashimni aytdi. Men bu chiziqda qanday o‘ynash kerakligini bilaman. Maqsadlarimizga keladigan bo‘lsak, Argentina Amerika Kubogida g‘alaba qozonishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Har bir yig‘indan unumli foydalanishimiz kerak.
Xorvatiyaga qarshi o‘yinning ikkinchi bo‘limida taktikamizni o‘zgartirdik, natijada g‘alabaga erishdik. Har bir o‘rtoqlik o‘yini, har bir mashg‘ulot biz uchun muhim”, — dedi Messi.
Izoh (0)