AQShning Merilend shtatida yashovchi yigitning shvabra bilan raqsga tushgani yozilgan videolavha 6-noyabr kuni YouTube va Facebook’ga qo‘yilgach internetda xitga aylandi, deb xabar bermoqda The Huffington Post.
https://www.youtube.com/watch?v=L7R35qjky7w
Videoyozuvni bir necha kun ichida YouTube’da 10 milliondan ortiq foydalanuvchi tomosha qilgan. Shuningdek, Facebook’da 220 ming Like, 32 ming Share va 25 ming izoh yig‘gan.
Videoning bosh qahramoni Instagram’da o‘zini raqqos va qiziqchi sifatida tanishtirgan Baltimor shahrida yashovchi Jimmi Pop bo‘lgan. U shotlandiyalik xonanda Shina Istonning Morning Train (Nine to Five) qo‘shig‘iga raqsga tushgan. Videoyozuv izohida yozilishicha, bu Xellouindan keyingi tongda uyni yig‘ishtirish vaqtida suratga olingan.
Izoh (0)