AQShda benzin narxi arzonlashishda davom etmoqda. “TASS” xabariga ko‘ra, so‘nggi ikki hafta davomida benzin narxi 13 sentga arzonlashgan bo‘lib, hozirda mamlakat bo‘yicha bir gallon eng past turdagi yonilg‘i 2,94 dollar (1 litri 77 sent)dan sotilmoqda, deb xabar beradi “Kun”.
Eng qimmat benzin Kaliforniya shtatining San-Fransisko shahrida sotilmoqda — u yerda bir gallon yonilg‘i 3,27 dollar turadi.
Eng arzon benzinni esa Tennessi shtatidagi Memfis shahrida topish mumkin — bir galloni 2,65 dollardan sotilmoqda.
Nyu-Yorkda bir gallon benzinni 3,21 dollardan, Los-Anjelesda esa 3,20 dollardan xarid qilish mumkin.
Shunday qilib, eng past turdagi bir gallon yonilg‘ining narxi o‘tgan yilning shu davridagi narxdan 27,55 sentga arzonroqqa teng bo‘lmoqda.
Avvalroq, AQShda benzin narxi sut narxidan arzonroq bo‘layotgani haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)