Bagama orollari hukumati Katta Bagama oroli osmonida halok bo‘lgan xususiy samolyot bortida bo‘lgan to‘qqiz kishining barchasi halok bo‘lganini tasdiqladi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Transport va aviatsiya vazirligining xabar berishicha, Lear 36 reaktiv samolyoti poytaxt Nassaudan Friport shahriga yo‘l olgan, bu yerda yo‘lovchilar Global Conference konferensiyasida ishtirok etishlari kerak bo‘lgan.
Havo kemasi 9-noyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 17:00 da Katta Bagama oroliga qo‘nishga urinish chog‘ida halokatga uchragan. Mahalliy OAV ma’lum qilishicha, samolyot kema quruvchi uskuna kraniga tegib ketgan.
Izoh (0)