Shvetsiyalik olimlar qand lavlagi tarkibidagi oqsil qon o‘rnini bosuvchi sifatida ishlatilishi mumkinligini aniqladi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti” Plant & Cell Physiology nashrida e’lon qilingan ma’ruzaga tayanib.
Ma’lumki, gemoglobin qonda kislorodni tutib turuvchi oqsildan iborat. Tadqiqotchilar odamdagi gemoglobinning kimyoviy tarkibi qand lavlagi tarkibi bilan juda o‘xshashligini aniqladi.
Ayni paytda olimlar o‘simlik oqsilini odam to‘qimalarida ishlashga moslashtirish usulini o‘ylab topishga harakat qilmoqda.
Ularning aytishicha, bu jarayon uch yilgacha vaqt olishi mumkin.
Izoh (0)