Gollivud rejissori Oliver Stoun Rossiya prezidenti Vladimir Putin haqida hujjatli film tayyorlamoqchi va amerikaliklarga ko‘p voqealarga muqobil nuqtai nazarni ko‘rsatib bermoqchi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Stoun o‘tkir siyosiy mavzulardagi filmlarni suratga oladigan rejissor sifatida taniqlidir. AQSh prezidentlari Richard Nikson, Jon Kennedi, Jorj Bush uning qahramonlari bo‘lgan.
“Men Putin haqida badiiy film suratga olmoqchi emasman. Ammo amerikaliklar eshitishni istamayotgan nuqtai nazarni ko‘rsatib berish uchun undan intervyu olgan bo‘lardim. Men u haqda hujjatli film tayyorlagan bo‘lardim”, — dedi Stoun.
Izoh (0)