Janubiy Koreyada cho‘kib ketgan “Sevol” paromi egasi Yu Ben Yonning o‘g‘li va ikki ukasini poraxo‘rlikda ayblab sud qilishdi. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.
Yu Ben Yonning to‘ng‘ich o‘g‘li o‘g‘rilik uchun uch yilga ozodlikdan mahrum etildi. “Sevol” xo‘jayinining ukalaridan biri ikki yilga, ikkinchisi esa shartli muddatga qamaldi.
Yu Ben Yonning o‘zi “Sevol” cho‘kib ketganidan so‘ng qochib ketgan edi. Iyul oyida uning jasadi mamlakat janubidagi daladan topilgan edi. Biznesmenning o‘limi sabablari ma’lum qilinmayapti.
Tergov versiyasiga ko‘ra, kema egalarining qonunga rioya qilmagani “Sevol” halokatining sabablaridan biri bo‘lgan. Xususan, ular paromga me’yoridan oshiq yuk ortilishiga yo‘l qo‘yib, xavfsizlik qoidalarini buzgan.
Eslatib o‘tamiz, 2014-yil 16-aprel kuni bortida ekipaj a’zolari va 476 yo‘lovchi bo‘lgan “Sevol” paromi Koreya yarim orolining janubi-g‘arbida cho‘kib ketgan edi. Natijada 295 kishi halok bo‘lgan, bir necha kishi bedarak yo‘qolgan, deb e’lon qilingan.
Izoh (0)