Rossiya prezidenti Vladimir Putin ketma-ket ikkinchi yil Forbes versiyasi bo‘yicha dunyoning eng nufuzli kishisi deb e’tirof etildi. Reytingda ikkinchi o‘rinni AQSh prezidenti Barak Obama, uchinchi pog‘onani esa Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin egalladi.
Forbes’ning ta’kidlashicha, 2014-yilda Putin kuch bilan Qrimni Rossiyaga qo‘shib oldi va Ukrainadagi urushda qatnashdi, urush davomida esa fuqarolik avialayneri urib tushirildi. Nashr maqolasida qayd etilishicha, samolyot “deyarli shubhasiz” Rossiya tomonidan yetkazilgan raketa majmuasi tomonidan nishonga olingan.
Izoh (0)