Samsung kompaniyasi ishchi nomi Project Zero bo‘lgan yangi Galaxy S6 smartfonini ishlab chiqayotgan bo‘lishi mumkin. Bu haqda Phonearena.com ma’lumotiga asoslanib “Parol” nashri xabar berdi.
Kompaniya Galaxy S6 smartfonini shunchaki taqdim etmoqchi emas, hozirda uning dizayni ustida bosh qotirilmoqda. Shu bilan birga, Galaxy S5 smartfoni Project K, Note 4 esa Project T deb oddiy harflar bilan nomlanganini inobatga oladigan bo‘lsak, Project Zero deb nomlangan Galaxy S6 smartfonida qandaydir katta yangilik, o‘zgarish amalga oshirlishini taxmin qilish mumkin.
Har yili Samsung kompaniyasi Galaxy S lineykasida yangi smartfon taqdim etib kelmoqda. Agar, kompaniya ushbu ketma-ketlikdan chalg‘imasa, olti oydan kam muddat ichida — keyingi yilning martida yangi Galaxy S6 smartfonini taqdim etishi kerak.
Izoh (0)