O‘zbekistonliklar Keniya poytaxti Nayrobi shahridagi ko‘pmillatli maktabda bo‘lib o‘tgan taom, libos va bayroqlar paradida ishtirok etdi. Bu haqda o‘zbekistonlik bolggerga asoslanib MyTashkent.uz xabar bergan.
Bloggerning so‘zlariga ko‘ra, tadbir mamlakatlar o‘z qit’alariga birlashgan holda milliy liboslarda o‘z bayroqlarini olib o‘tish bilan boshlangan. Keyin esa milliy taomlar taqdim etilgan. O‘zbekistonliklar boshqa yurt vakillariga mamlakatimiz tarixi bo‘yicha ma’lumotlar bergan.O‘zbek milliy taomlari festivaldagi eng mazalilaridan biri bo‘lganini ta’kidlagan blogger Osiyo vakillari tadbir davomida hamjihatlikda harakat qilganini ham aytib o‘tgan.
Izoh (0)