Toshkent shahridagi Yunusobod dehqon bozori rekonstruksiya qilinadi. Bu haqda Yunusobod tumani hokimi Shavkat Azimjonov ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Podrobno.uz.
Uning so‘zlariga ko‘ra, sabzavotlar pavilyoni to‘liq yopiladi, ya’ni savdo rastalari ventilyatsiya va havoni isitish-sovutish tizimi bilan jihozlangan binoda joylashadi. Avtomobillar to‘xtash joyi tarafidagi barcha kichik do‘konlar olinib, o‘rniga ikkita ikki qavatli do‘konlar binosi quriladi. Bu bino yerto‘lalar hamda oziq-ovqatlarni saqlash uchun sovutish va muzlatish uskunlari bilan jihozlanishi ko‘zda tutilgan.
Majmualardan birining birinchi qavati go‘sht, ikkinchi qavati go‘sht mahsulotlari uchun ajratiladi. Ikkinchi majmuada non, sut va baliq mahsulotlari sotiladi. Bozorning ikkinchi tomonida ham xuddi shunday majmualar qurilishi ko‘zda tutilgan. 12 milliard so‘m sarflanishi rejalashtirilayotgan rekonstruksiya ishlari 2015-yilning birinchi choragidan boshlanishi ma’lum qilingan.
Izoh (0)