Chexiya radiosining to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirida so‘kingan va Rossiya rahbari Vladimir Putinni maqtagan mamlakat prezidenti Milosh Zeman keskin tanqidlarga uchradi, deb xabar bermoqda “Yevropeyskaya Pravda”.
Sobiq SSSR armiyasi tomonidan Chexoslovakiyaning bosib olinishiga qarshi chiqqan sovet qochqinlari mavzusidan Zeman G‘arb jamiyatida Putinning tanqid qilinishi masalasiga o‘tib ketgan. U Putinni sovet rahbarlari bilan tenglashtirish adolatdan emasligini aytib, hozirgi Rossiyadagi siyosiy mahbuslarning aksariyati bu nom bilan atalishga loyiq emasligini ta’kidlagan. Zemanning fikricha, Putinning bu masalasidagi yagona xatosi faqat Xodorkovskiyni qamab, boshqa oligarxlarni qoldirganidir.Shundan keyin Chexiya prezidenti Pussy Riot guruhini tanqid qilishga o‘tib, aynan shu joyda so‘kinish so‘zlarini ishlatgan. Jumladan, “pussy” so‘zining tarjimasini nomaqbul so‘zlar bilan ifodalagan. Shuningdek, u jinsiy aloqa va najas ma’nosidagi so‘kinish so‘zlarini ishlatgan.
Prezidentning bunday so‘zlari Chexiya Bosh vaziri Boguslav Sobotka, sobiq tashqi ishlar vaziri Karl Shvarsenberg va sobiq moliya vaziri Miroslav Kalousek kabi siyosatchilar tomonidan keskin tanqidga uchragan. Ular Zemanni yoshlarga yomon o‘rnak bo‘lish, ayollarni yerga urish, Chexiya hukumati obro‘sini to‘kishda ayblagan.
Izoh (0)