Andijon viloyati Oltinko‘l tumanida istiqomat qiluvchi fuqaroning noqonuniy faoliyatiga chek qo‘yildi, deb xabar beradi O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining “Huquq” gazetasi.
Belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tishdan bo‘yin tovlab, nazorat qilinmaydigan daromad olish maqsadida mahallasida joylashgan eski binoda yashirin sex tashkil etib, qo‘lbola usulda chigitdan paxta yog‘i ishlab chiqarish bilan shug‘ullanayotgan “tadbirkor”ning “ishxona”sidan moyjuvoz dastgohi, 1300 kilogramm chigit, 770 kilogramm kunjara, 450 litr paxta yog‘i va boshqa asbob-uskunalar topilib, ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi.
Mutaxassislar tomonidan berilgan xulosaga ko‘ra, oltinko‘llik “tadbirkor” tomonidan ishlab chiqarilgan paxta yog‘i iste’mol uchun yaroqsizligi, iste’molchilarning hayoti va sog‘lig‘i xavfsizligi talablariga javob bermasligi ma’lum bo‘ldi.
Yuqoridagi holat bo‘yicha oltinko‘llik shaxs sudning qonuniy hukmiga ko‘ra javobgarlikka tortildi.
Izoh (0)