AQShning Kaliforniya shtatidagi Santa-Ana shahrida 31-oktabr kuni Hellouin bayramini nishonlayotgan uch qizni urib ketgan avtomobil egasi qidirilmoqda, deb xabar berdi Associated Press.
Noma’lum shaxs Hellouin bayrami liboslarida bo‘lgan 13 yoshli uch qizni piyodalar yo‘lagidan o‘tayotgan vaqtda avtomobilda urib ketgan. Har uchala qiz ham halokat natijasida orttirilgan jarohatlar tufayli voqea joyida halok bo‘lgan. Ularning ikki nafari egizaklar bo‘lgan.
Avtohalokatga haydovchi tomonidan tezlikning sezilarli darajada oshirilishi sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda. Aybdor va uning yonida bo‘lgan yo‘lovchi mashinani tashlab, qochib ketgan. Politsiya mashina ro‘yxatda turgan manzilni aniqlagan, biroq uning egasi manzilni o‘zgartirgani ma’lum bo‘lgan.
Izoh (0)