Jahon banki Ebola bezgagi epidemiyasining tarqalishiga qarshi kurashish uchun 100 million dollar ajratganini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Ushbu mablag‘ Ebola virusi keltirib chiqargan epidemiya tobora kengayib borayotgan G‘arbiy Afrikaga jo‘natiladigan tibbiyot xodimlarini to‘plashga sarflanishi ko‘zda tutilgan.
“Biz ko‘p sonli shifokorlarni to‘plash yo‘lidagi har qanday to‘siqlarni yo‘qotishimiz kerak. Umid qilamizki, 100 million dollarlik ushbu mablag‘ ehtiyoj bor joylarda tibbiy xodimlar sonini keskin ko‘paytirish imkonini beradi”, − dedi Jahon banki prezidenti Jim Yon Kim.
Eslatib o‘tamiz, Jahon banki so‘nggi uch oy mobaynida Ebola epidemiyasiga qarshi kurashish uchun 500 million dollardan ko‘proq mablag‘ ajratgan.
Izoh (0)