O‘zbekistondagi UMS mobil aloqa operatori aloqani yo‘lga qo‘yish bo‘yicha sinov ishlarini boshlab yuborgan. Bu haqda iLike.uz blogiga asoslanib Kun.uz xabar bermoqda.
Blogning yozishicha, kompaniya hozirgi vaqtda SMS jo‘natish va qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish xizmatlarini yopiq rejimda sinovdan o‘tkazmoqda.
“Avvallari bo‘lgani kabi – ‘xalq ichidan’ sinovchilarni tanlab olish amaliyotiga hozircha murojaat qilishayotgani yo‘q”, – deyiladi blog xabarida.
Ma’lumot uchun, Rossiyaning “MTS” kompaniyasi hamda O‘zAATTQning “Radioaloqa, radioeshittirishlar va televideniye markazi” DUK o‘rtasida tashkil etilgan UMS (Universal Mobile Systems) kompaniyasi 1 dekabr kuni tijoriy faoliyatini boshlashi kerak.
Izoh (0)