2014-yilning 30-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Tojikiston Respublikasi Favqulodda va muxtor elchisi Muzaffar Xuseynovni qabul qildi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Suhbat davomida O‘zbekiston — Tojikiston munosabatlarining amaliy masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, tomonlar turli sohalardagi hamkorlikni rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlariga alohida e’tibor qaratdi.
Izoh (0)