29-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi.
Majlis kun tartibiga Jinoyat kodeksining 144-moddasiga va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 43-moddasiga o‘zgartishlar kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi ham kiritildi. Tuzatishlar “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi qonun qabul qilinishi munosabati bilan kiritilmoqda. Xususan, nafaqat fuqarolarning, balki yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilganlik uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik belgilash nazarda tutilmoqda.
Deputatlar moddama-modda muhokama etish chog‘ida bildirilgan fikr-mulohazalarni inobatga olgan holda, ushbu hujjatni maromiga yetkazish uchun yubordilar. Qonun loyihasini keyingi o‘qishda ko‘rib chiqish uchun tayyorlash mas’ul qo‘mitaga topshirildi.
Izoh (0)