Zambiya prezidenti Maykl Sata Buyuk Britaniya poytaxti London shahrida vafot etdi. Bu haqda Reuters axborot agentligiga asoslanib Kun.uz xabar bermoqda.
Xabarga ko‘ra, u bu yerda davolanayotgan edi. Mamlakat rasmiylari hozircha ushbu axborot yuzasidan izoh bermagan. Sata qanday kasallikdan vafot etgani ham noma’lum.
Maykl Sata 2011-yil 23-sentabrida Zambiya prezidenti lavozimini bajarishga kirishgan edi.
Izoh (0)