Tailandning Pattayya shahrida rossiyalik turistlar oilasi katta miqdordagi pul solingan sumkani jamoat transportida unutib qoldirdi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Mahalliy politsiyaning xabar berishicha, sumkadagi jami pul 2 ming dollar atrofida bo‘lgan. Turistlar pul yo‘qolgani haqida eng yaqin politsiya bo‘limiga murojaat qilgan. Lekin ular na avtobusning raqami va na boshqa belgilarini eslab qolmaganlari uchun omadlari kelishiga umid qilmagan.
Lekin sumka baribir topilgan. Politsiya uchastkasida avtobus haydovchisi tomonidan keltirib berilgan sumka sayyohlarga topshirilgan. Uning ichidagi pullar va qimmatbaho buyumlar joyida bo‘lgan. Turistlar politsiya yordamida haydovchini izlab topib, halolligi uchun unga 200 dollar miqdorida mukofot topshirgan.
Izoh (0)