“Pyotr Poroshenko bloki” partiyasi yetakchisi Yuriy Lutsenko partiya yangi Oliy Radada Ukraina prezidentining daxlsizlik huquqini bekor qilish jarayoni tashabbusi bilan chiqishini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Segodnya”.
Ukraina konstitutsiyasiga binoan, prezident o‘z vakolatlarini bajarish vaqtida daxlsizlik huquqidan foydalanadi. Lutsenkoning so‘zlariga ko‘ra, uning siyosiy kuchi ushbu huquqni bekor qilish uchun ovoz berishga tayyor.
Avvalroq, 26-oktabr kuni Ukrainada parlament saylovi bo‘lib o‘tgani xabar berilgan edi. Mamlakat markaziy saylov komissiyasi tomonidan qabul qilingan protokollarning 25,5 foizi hisoblangan vaqtda “Milliy front” 21,68 foiz, “Pyotr Poroshenko bloki” 21,64 foiz, “Samopomich” birlashmasi 10,57 foiz, “Muxolifat bloki” 9,6 foiz, Oleg Lyashkoning radikal partiyasi 7,63 foiz, “Batkivshchina” 5,87 foiz, “Svoboda” 4,6 foiz ovoz olgani ma’lum bo‘lgan.
Izoh (0)