Bugun, 26-oktabr kuni Ukrainada mamlakat parlamenti – Oliy Rada uchun saylov o‘tkazilmoqda, deb xabar berdi “Segodnya”. Saylov uchastkalari Kiyev vaqti bilan 8:00 da ochilgan.
2014-yil 25-avgust kuni Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Oliy Rada vakolatlarini muddatidan oldin tugatib, 26-oktabr kuni yangi parlament saylovi o‘tkazilishini belgilagan edi.
2012-yil oktabr oyida saylangan Oliy Radaning yettinchi chaqirig‘i 2014-yil 14-oktabr kuni o‘zining so‘nggi sessiyasini tugatgan edi.
Izoh (0)