Quyoshdagi nihoyatda katta hajmi bilan olimlarni xavotirga solgan dog‘ yaqinida chaqnash sodir bo‘ldi. NASA ma’lumotlariga ko‘ra, mazkur chaqnashlar Yerning magnit maydoniga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatishi mumkin, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Quyoshdagi yirik dog‘ joriy yilning oktabr oyida aniqlanib, AR 2192 nomini oldi. Ushbu dog‘ bir necha kun davomida juda tez kattalashib, diametri bo‘yicha Yupiter hajmiga, ya’ni 140 ming kilometrga yetdi. Mutaxassislar bu 2008-yil yanvaridan beri kuzatilgan eng katta dog‘ ekanligini ta’kidladi.
NASA’da qayd etilishicha, mazkur dog‘ hozirga qadar bir nechta kuchli chaqnashlarga sabab bo‘lgan. Bunday chaqnashlar yaqin kunlarda yana takrorlanishi mumkin. Bu esa Yerning magnit maydoniga ta’sir qilib, butun dunyo uchun ma’lum muammolarni keltirib chiqarishi ehtimoli borligi qayd etildi.
Olimlarning aytishicha, Quyosh ayni damda hayratga soladigan ranglardan iborat holatga kirgan bo‘lib, uni Yer sayyorasining ayrim nuqtalaridangina kuzatish mumkin.
Izoh (0)