“Leningrad zooparki”da dunyodagi eng keksa qo‘ng‘ir ayiq — 35 yoshli Varvara vafot etdi. Bu haqda muassasa o‘zining “VKontakte”dagi sahifasida xabar bermoqda.
“Bizda ayanchli hodisa ro‘y berdi. Umrining 36-yiliga kelib qo‘ng‘ir ayiq Varvara bizni tark etdi”, — deb ma’lum qildi hayvonot bog‘i vakillari.
Varvara aynan ozodlikda saqlanmaydigan qo‘ng‘ir ayiqlarning eng keksasi edi. “Ayni damda jahon hayvonot bog‘larida bizning Varvaradan keksaroq ayiqlar mavjud emas”, — deb takidladi “Leningrad hayvonot bog‘i” xodimlari.
Mutaxassislarning qayd etishicha, bunday yosh ayiq uchun rekord darajadagi yashash muddatidir. Chunki yovvoyi tabiatda yirtqichlar odatda 15—20 yil umr ko‘radi.
Ekspertlarning ta’kidlashicha, hayvonot bog‘idagi shart-sharoitlarda muntazam yaxshi ovqat bilan ta’minlangan va veterinarlar qarovi ostida bo‘lgan hayvonlar o‘zlarining yovvoyi qarindoshlariga nisbatan ko‘proq umr kechiradi.
Izoh (0)