Janubiy Koreyaning Inchxon shahrida o‘tkazilayotgan ParaOsiyo o‘yinlarida g‘oliblik shohsupasiga ko‘tarilgan o‘zbekistonliklar safi yana bittaga kengaydi. Bu haqda “Olamsport” xabar bermoqda.
Yengil atletikaning disk uloqtirish bahslarida eng yuqori ko‘rsatkich — 53,84 metrni qayd etgan Husniddin Norbekov ParaOsiyo o‘yinlarining oltin medaliga sazovor bo‘ldi.
Shu tariqa, O‘zbekiston sportchilari tomonidan qo‘lga kiritilgan medallar soni 17 taga yetdi.
O‘zbekiston delegatsiyasi ayni damda 14 ta oltin, ikkita kumush va bitta bronza medalini qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida 41 davlat orasida 4-o‘rinni egallab turibdi.
Izoh (0)