Shimoliy va Janubiy Koreya chegarasi hududida ikkala mamlakat vakillari o‘rtasida otishma sodir bo‘ldi. Bu haqda Koreya Respublikasi qurolli kuchlari shtab boshliqlari qo‘mitasi ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Janubiy Koreya tomonidan qurbonlar bor-yo‘qligi ma’lum qilinmagan. Hodisa 19-oktabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 17:40 da (Toshkent vaqti bilan 13:40) sodir bo‘lgan. Ikki mamlakat o‘rtasidagi harbiysizlashtirilgan hudud markazidan o‘tgan harbiy demarkatsiya chizig‘iga shimollik askarlar yaqinlashgach, hudud g‘arbidagi Padju rayonidan janublik harbiylar bir necha marta ogohlantirish o‘qini uzgan. Shuningdek, ovoz kuchaytirgich vositalar orqali og‘zaki ogohlantirishlar ham berilgan. Javob tariqasida shimolliklar o‘q uzgan va yana janubliklar o‘q otish bilan javob bergan. Janubiy Koreya chegara postida o‘q izlari aniqlangan.
Ma’lumot uchun, texnik jihatdan Koreya Xalq Demokratik Respublikasi va Koreya Respublikasi haligacha urush holatida hisoblanadi. Chunki 1950−1953-yillarda bo‘lib o‘tgan Koreya urushidan keyin faqatgina sulh tuzilgan bo‘lib, ikki mamlakat o‘rtasida tinchlik shartnomasi mavjud emas.
Izoh (0)